Kategoriya: Hikoyalar

Xoin kim?


Bir podshohning jangda ishlatadigan harbiy sirlari dushmanga ma'lum bo‘lib qolib, o‘ylagan rejasi barbod bo‘libdi. Shunda podshoh maslahatchilaridan biriga: «Endi harbiy rejalarimizni qattiq sir tutmasak bo‘lmaydi. Ichimizdan kimdir sirlarimni dushmanga yetkazyapti. Lekin kimligini bilolmayapman. Pokdomon odamni xoin deb o‘ylab, jazolab quyishdan qo‘rqyapman», dedi. Shunda maslahatchi bir kotib chaqirib, guyoki davlat siri deb, bir necha yolg‘on xabarlarni yozdirdi. Keyin podshohning sirini sotishda gumon qilinganlarni bitta-bittadan chaqirishdi. Keyin maslahatchi podshohga: «Bu xabarlarni guyo davlat siri sifatida ularning har biriga alohida ayting. Har biriga alohida xabar aytasiz. Birinikini boshqasiga aytmaysiz. Keyin aytilgan bu maxfiy xabarni hech kimga aytmaslikni buyuring. Biz esa har bir xabar egasining ismini yozib quyamiz. Keyin dushman tomonda qaysi xabar oshkor bo‘lsa, xoin kimligi ma'lum bo‘ladi», dedi. Hech qancha muddat o‘tmay, dushman tomonda bir necha xabar tarqalib, xoinlar kimligi aniqlandi. Podshoh sotqin kimligini bilib, uni jazoladi.

Reklama
Reklama