Kategoriya: Hikoyalar
Yaxshiligim ortig'i bilan qaytdi
Men bozorda savdogarchilik bilan shug‘ullanardim. Savdogarchiligim pista, bodom, mayiz kabi, narsalar sotishdan iborat edi. Odatda biz kabilar mayda savdogarlar deyiladi. Topganimiz tirikchilikdan oshmasdi. Qish kunlarida maxallada ko‘mir sotadigan savdogarlar bozori chaqqon bo‘ladi. Ular oldiga to qish tugaguncha butun maxalla axli kunda kun ora borib turadi. Uyda ko‘mir tugagan uchun bozordan kelib, men xam qo‘shnim oldiga chiqdim. Uch to‘rt qop ko‘mir olmoqchi edim. Borsam ko‘mir sotuvchi qo‘shnim bir bolaga gapirib turgan ekan. Eshitib tursam, u oldingi olgan ko‘mirni pulini xali to‘lamagansizlar. Endi yana qarzga ko‘mir berolmayman derdi. U bola ko‘mir olmasdan chiqib ketdi. Men suxbatga aralashib, ko‘mirchidan nima gapligini surishtirdim.
Bu bolani otasi vafot etgan. Uyida onasi va ukalari bilan yashaydi. Ularga qarzga ko‘mir berganman. Yana so‘rab kelibdi. Menda sharoit yo‘q qarzga berishga. Shunga berolmadim deb tushuntirdi. Qur'onu xadisda yetimlarga yaxshilik qilishga chaqirilgan. Men xam yetim bolalarga oz bo‘lsa-da, bir yaxshilik qilay deb o‘ylab qoldim. Men chiqib, u bolani chaqirdim. Uch to‘rtta qop ko‘mirni pulini to‘lab unga berib yubordim. Keyin, o‘zimga xam uch qop olib uyga qaytdim. Bu meni qo‘limdan kelgan kichkina yaxshilik edi. Mening savdoim xam yaxshimas va o‘zimizdan orttira olmasdim. Shu kuni tunda uyimni eshigi taqillab qoldi. Chiqsam xokimiyatda ishlaydigan oq ko‘ylak kiyib, bo‘yinbog‘ taqqan kostyum shim kiygan kishilar edi. Ular mendan tunda bezovta qilgani uchun uzr so‘rab, ertaga bir kattakon mexmonga kelayotgani uchun ular tonggacha dasturxon tuzatishi lozim ekan. Shunga pista, bodom kabi narsalardan sotib olishga tunda kelishibdi. Men kiyinib chiqib ular bilan bozorga ketdim. Ular mening sotuvga qo‘ygan narsalarimni qopi bilan savdo qilishdi. Odatda bu kabi maxsulotlarni odamlar bir yo ikki kilodan ko‘p olishmasdi. Bular bisotimda borini yarmini olishdi. Meni uyga qaytarib olib borib qo‘yishdi. Shu tunda yarim soatda qilgan savdoim bir oyda qiladigan savdodan ko‘proq bo‘ldi. Men o‘ylanib qoldim. Kecha yetimlarga uch qop ko‘mir olib berganimga, shu zaxoti tunda shunaqa savdo qilganimga xayron edim. Bu kabi savdo umrimda bo‘lgan emasdi. Men yetimlarga yaxshilik qilish shunchalik tezda qaytishini kutmagandim.
Albatta, yetimlarga yaxshilik qilish mukofoti naqd bo‘lgan amaldir. Bu mukofot ertami kechmi albatta bo‘ladi. Shu dunyoni o‘zida bo‘lishi mumkin
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022