Kategoriya: Postlar
Yolg'onni aniqlashning 11 ta belgisi
Massachusets universitetining psixologi Robert Feldman tomonidan 2002 yilda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadi-ki, odamlarning 60%i 10 daqiqali suhbat davomida ikki yoki uch marotaba yolg'on gapiradi. Odamlarning ko'pchiligini aldash oson kechadi. Aldanmasligingiz uchun belgilarini bilishingiz kerak.
FBR bilan ishlaydigan xulq-atvor tadqiqotchisi va tana tili bo'yicha mutaxassis Lillian Glass, agentlarga aldashning dalillarini ta'kidlashda yordam berib, shunday deydi: "Agar siz inson yolg'on gapirayotganini tushunishga harakat qilsangiz, avval bu odamning normal holatga qanday munosabatda bo'lishini tushunib oling. Keyin uning yuzini, harakatini va nutq xarakterini diqqat bilan kuzatib boring" deya u o'zining "The Body Language of Liars" kitobida maslahat beradi. Mana unda aytilgan 11 eng aniq belgilar.
1. Bosh holatining keskin o'zgarishi
Agar biror kishiga to'g'ridan-to'g'ri savol berganingizda to'satdan boshini harakatga keltirsa, u biror narsa haqida yolg'on gapirish ehtimoli tug'iladi. Bunday hollarda, "bosh orqaga buriladi yoki yuqoriga ko'tariladi, oldinga egiladi yoki yon tomonga egiladi", deb yozadi Glass. Bu ko'pincha savolga javob berishdan oldin sodir bo'ladi.
2. Nafas olish ritmi o'zgaradi.
Yolg'on gapirayotganda odam og'ir nafas oladi. Bu refleks harakat. Nafas olish ritmi o'zgarganda esa yelkalar ko'tariladi. Ovozi esa xiralashadi. Yolg'onchiga havo yetishmaydi, yurak urushi va qon aylanishi o'zgaradi. Chunki odam tanasi asabiylashganda va diqqati oshganda shunday holga tushadi.
3. Inson juda tekkis turadi yoki o'tiradi
Ma'lumki, odamlar yolg'on gapirganda asabiylashib ketishadi. Lekin siz hech qanday harakat qilmaydigan odamlarga e'tibor berishingiz kerak. Ehtimol, bu tananing mumkin bo'lgan qarama-qarshiliklarga tayyorgarlik ko'rayotgan belgisidir. Oddiy suhbatda kichik, qulay va ko'pincha behush harakatlar juda tabiiydir. Shunday qilib, tananing qattiq, tekkis holatini kuzatsangiz, hech qanday harakat yo'q bo'lsa, bu ko'pincha jiddiy signal, biror narsa noto'g'ri.
4. Takrorlanuvchi so'z yoki iboralar
Bu holat odam sizni va o'zini biror nimaga ishontirishni hohlaganda sodir bo'ladi. U o'zining hayolidagi yolg'onga o'zini ham ishontirmoqchi bo'ladi. Masalan, "...men buni qilmadim, ...men buni qilmadim" deydi. Bu urinish siz hayolingizni jamlab olguningizgacha va u yana yolg'onini davomini to'qib olish uchun vaqtdan yutish uchun qilinadi.
5. Og'ziga tegadi yoki uni yopadi
"Bu yolg'onning o'ziga xos belgisidir: vaziyatni bartaraf etish yoki savolga javob berishni istamagan odam avtomatik ravishda og'zini qo'lini yopadi", deydi Glass. Kattalar buni qilganda, demak ular butun haqiqatni gapirmaydilar. Ular bir tomonlama aloqa kanalini to'liq yopishadi.
6. Tananing zaif qismlarini instinktiv qoplash
Bu, masalan, tomoq, ko'krak, bo'yin, bosh yoki qorin. "Men advokatlarga maslahat berganimda buni sud zalida tez-tez ko'rib turaman. Birovning ko'rsatuvi ayblanuvchining nervlariga ta'sir qilganda, agar u tomoqni qo'l bilan yopib qo'ysa, bu yolg'on belgisi bo'lishi mumkin. Lekin hozircha aniq emas", deydi Glass.
7. Inson oyog'larini birini birining ustiga chiqarib chalkashtirb o'tiradi.
Tana miyani egallaydi. Oyoqdan oyoqqa bunday o'tish, potentsial yolg'onchiga noqulay ekanligini, u asabiylashayotganini ko'rsatadi. Bu yolg'onni aniqlashning asosiy usullaridan biridir. Odamni oyoqlariga qarang va siz juda ko'p narsani tushunasiz.
8. Juda ko'p ma'lumot
"Agar biror kishi ko'p gapirsa va sizga juda ko'p ma'lumot bersa — siz so'ramagan va ba'zan ortiqcha gaplar bo'lsa, u haqiqatni gapirmasligi ehtimoli juda yuqori", deb yozadi Glass. - Yolg'onchilar ko'pincha juda ko'p gapirishadi, chunki ular bu suhbat yoki xayoliy ochiqlik bilan boshqalarni ishonchini qozonaman deb o'ylaydi".
9. Odamga agpirish qiyinlashadi.
Agar siz qachondir aybdorning so'roq qilinish videosini ko'rsangiz uning qiynalib gapirayotganini sezasiz. Odam yolg'on gapirayotganda og'iz membranasi namlab turuvchi suyuqlikni myya chiqarmay qo'yadi. Og'iz bo'shlig'i quriydi. Labini tishlash yoki labini chimirish hollari ham kuzatiladi.
10. Barmog'ini tez tez o'qtalishi
"Yolg'onchi o'zini dushmandek tutganda yoki mudofaa qilishni boshlaganida, u so'roq qilinayotgan shaxs bilan o'z rolini o'zgartirishga harakat qiladi", deydi Glass. Dushmanlik paydo bo'ladi, chunki inson uning yolg'onini kashf etayotganida g'azablanadi va bunday holatlarda barmoq bilan sizning tomoningizga barmog'ini o'qtaladi.
11. Ular sizga ko'zini pirpiratmasdan ham qarab turishi mumkin.
Odamlar yolg'on gapirganda, tez-tez ko'zlarini yumib ochishadi. Biroq, professional yolg'onchi ko'z bilan aloqa qilishni davom ettirib — sizni nazorat qilish va sizni manipulyatsiya qilishga urinadi.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022