Kategoriya: Maqolalar

Yo‘qotish va topishlar aro


Oila qurmagan va farzandi bo‘lmagan Frans Kafka, Berlindagi bir parkda sayr qilib yurganida eng yaxshi ko‘rgan qo‘g‘irchog‘ini yo‘qotib qo‘yib yig‘layotgan qizaloqqa duch keladi. Qizcha bilan tanishgach, uning qo‘g‘irchog‘ini uzoq izlaydilar lekin topolmaydilar. Kafka ertasiga qo‘g‘irchoqni qaytadan izlashlarini aytib qizcha bilan xayrlashadi. Yana uni topolmaydilar. Kafka qizchaga qo‘g‘irchoq yozgan maktubni uzatadi.

 

 

 

Xatda:
- Men dunyo kezish uchun sayohatga chiqdim. Senga sarguzashtlarim haqida yozib yuboraman, - deyilgandi.
Shu tarzda Kafkaning hayotining so‘nggigacha davom etadigan hikoya boshlanadi. 
Frans Kafka qizcha bilan har ko‘rishganda qo‘g‘irchoqning unga yozgan maktublarini o‘qib berar, qizaloq nihoyatda baxtiyor edi. Oradan vaqtlar o‘tib, Berlinga qaytishda Kafka magazindan yangi qo‘g‘irchoq sotib oladi, qizcha bilan ko‘rishganda uni uzatadi.
- Bu mening qo‘g‘irchog‘imga hecham o‘xshamaydiku, deydi qizcha. Kafka qo‘g‘irchoqning yozgan xatini beradi, unda:
- Sayohatlarim meni o‘zgartirib yubordi, deyilgandi.
Qizcha yangi qo‘g‘irchoqni quchoqlab uyiga jo‘naydi. Bir yildan keyin Frans Kafka vafot etadi. Yillar o‘tib ulg‘aygan qiz qo‘g‘irchoqning ichidan bir xat topib oladi. Unda shunday so‘zlar bitilgandi: 
- Ehtimol, sen sevgan hammanarsa yo‘q bo‘lar, biroq bir kun boshqa suratda albatta qaytib keladi. 
Imzo
Frans Kafka
Turk tilidan Dilbar Rajabova tarjimasi

 

 

Reklama
Reklama