Kategoriya: Hikoyalar
Qaynona va kelin munosabati
Qaynona va kelin mojarosi yillar va asrlar davomida yakun topmagan. Insonlar orasidagi mojarolar kabi. Har bir inson o'ziga yarasha xarakter xususiyatga ega. Har kimning o'zini mustaqil fikri bor. Qaynona va kelin adovati hamma davlatlar va millatlarda mavjud. Ushbu post orqali qaynonani yoki kelinni tarafini olmaymiz. Har ikki tarafga ham insof bersin deymiz.Har ishda bo'lgani kabi o'zaro murosa, munosabat o'rnatish zarur. Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqadi deydilarku. Har bir inson aql bilan fikr yuritib sabr bilan qiyinchiliklarni yengiy olsagina g'olib bo'lishi mumkin. Quyidagi maqolamiz va ularda keltirilgan real voqeliklar va mavjud insonlar yomonidan yozilgan hayotiy hikoyalar kimningdir fikrlash yo'lini yoritishga, to'g'ri qarorga kelishiga va yaxshi hulosa chiqarishiga sabab bo'lsa ajabmas.
Qaynona va kelin tog'risida hikoyalar, gaplar ko'p. Har kim o'z fikri bilan u yoki bu tarafda bo'ladi. O'qiyotgan hikoyamizda agar muttahamlik qilib, ataylab biror tarafni yonini olgani, soxta yoki bir taraflama yondashuv bo'layotganini anglab olish mumkin. Xozirgi zamondagi shaxslarning deyarli barchasi bu kabi soxta xolatlarni aniqlay oladi. Lekin boshidan qiyinchilik o'tkazgan odamning alam va azob bilan yozgan kechinmalarini o'qisangiz, odamgacha boshqacha ta'sir qiladi. O'ziga kerakli hulosa chiqarishiga turtki bo'ladi. 'qigan voqeligidagi bosh qhramonning harakatlarini to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini muhokama qiladi va buning natijasida aksini o'z hayotida ham ko'rishi mumkin. O'ziga o'zi dars berishni, xatolarini ko'ra bilishni boshlaydi.
Quyidagi videodagi holatni ko'ring. Xitoylik qiz O'zbekistonga kelin bo'ldi. Ba'zi bir qaynonalar bor nasli to'g'ri kelmaydi, millati boshqa, boshqa mahalladan, boshqa joydan, bizga to'g'ri kelmaydi deyishadi. Agar o'g'lingiz chet davlatdan kelin olib kelsa nima qilasiz? Odamlar boshqa davlatlarga borib ko'nglidagi insonini topib birga yashaydi. Bu uning qarori, uning hohishi. Buni yomon joyi yo'q axir hammamiz ham inson zotidanmazku, hammamiz ham oddiy bandamizku. Insonning qandayligi uning qayerdaligi yoki kelib chiqishidan emas, qanday insonligi, qanday yuragi, toza ko'ngli, odamiyligi borligidan o'lchanmaydimi? Ba'zi bir kelinlar esa shaxardan qishloqqa kelin bo'lib kelib, atrofdagilarga past nazar bilan qarab yashaydilar. Ammo inson ertaga nima bo'lishini, bu dunyodagi barcha narsa yolg'onchi va o'tkinchi ekanligini tushunib yetishi kerak. Yaxshilik, odamiylik, yaxshi xislatlar esa boqiydir.
Quyidagi hikoyada esa bir mushtipar, kasal holdagi ona dardi yozilgan bo'lib, kim aybdor, kim aybsiz deyishdan yiroqmiz. Shunchaki agar imkoningiz bo'lsa bu kabi holatlarni bilsangiz yordam qo'lingizni cho'zing deymiz holos. Hikoya mana bu yerda: https://googol.uz/post/kelining-yomon-bolsa-oglingdan
KELINING YOMON BO'LSA O'G'LINGDAN
Erkakning kelajagi: https://googol.uz/post/erkakning-kelajagi
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022