Kategoriya: Pazandachilik

To'rt haqida


Siz to'rt tanlashni bilasizmi? To'rt qanday bo'lishi kerakligini bilib, haqiqiy tortni farqlab olishni hohlaysizmi. Xalqaro to'rt kuni qachon? To'rt bezash metodlarinichi? Lambeth, Wilton metodlari haqida eshitganmisiz? To'rt so'zi italyancha so'zdan oligan degan ma'lumot yuradi, aslida esa undan avval eski lotin tili bo'yicha, "to'rta" ya'ni "yumaloq non" degan ma'noni bildiradi. Ichiga turli mevali qiyumlar va shirinliklar qo'shilgan holatdagi. Hamma to'rtlar ham shirinlik bo'lavermaydi. Masalan jigarli to'rt ham bor. Tuzli hamirni qovurilganidan iborat qavatlariga jigarni pishirib solinadi. Qavatlariga mayonez (greklar o'ylab topilgan, qadim zamonlardan beri mavjud) surtib, tepa qismi ko'katlar bilan bezalgan bo'ladi. Bu usul Yevropada qadim zamonlardan beri qo'llaniladi. So'nggi paytlarda esa smetanali, salatli to'rtlar mavjud. Ammo qadim zamonlardan to'rtning eng ustki qismi mevalar va turli bezaklar bilan bezab kelingan.

To'rt tarixi.

To'rt tarixiga keladigan bo'lsak aniq bir yili raqamlarda mavjud emas. Chunki odamzod bug'doyni yanchib un qilishni boshlagan vaqtlarga to'g'ri keladi. Birinchi marta shakar Hindistonga borgan Arab savdogarlari shakarni ajratib olib unga turli hushbo'y ta'mlar va ziravorlar qo'shib sotishgan.

To'rtlarning tayyorlanishi.

Zamonaviy to'rtlarga kelsak, bugungi kunda to'rtlarning hamiri asosan 2 ta biskvitli va uqalanadigan korj bilan tayyorlanadi. Shuningdek ba'zida tuzli hamir va vaflili korjlardan ham foydalanishmoqda. Klassik to'rtlarning shakli asosan yumaloq shaklda bo'lgan. Hozirda ishlab chiqarishda turli shakllarda tayyorlanmoqda. Italiyaliklarda polisfera ya'ni yarim yumaloq shakldan ko'p foydalanishadi. Orasiga surtishda esa asosan povidloli, slivochniy masla, turli kremlar, shirali slivka, quyultirilgan sutdan foydalaniladi. Ba'zida mevalar ham qo'shiladi. Usti esa turli glazur, sirop va kremlar bilan qoplanib mevalar, shokoladlar bilan bezatiladi. To'rtlarni tayyorlaydigan va bezatadigan kasb egasi KONDITER deb ataladi.

To'rt bezash.

Asosan krem, glazur va ganash bilan to'rt usti qoplanadi, So'nggi paytlarda mastika va marshmellov bilan nafaqat bezash balki qo'l mehnati bilan turli bezaklar yasashda ham foydalanilmoqda. Pazandachilikdagi mastikaning tarkibi asosan shakar kukuni, jelatin, kraxmal, tuxum oqi, zefir kabi tabiiy moddalardan iborat bo'ladi. Ammo insofi yo'q pazandalar unga  kakao yog'i ekvivalenti, Е466 (ozuqaviy stabilizator), Е1422 (o'zgartirilgan kraxmal), glitserin,E47(stabilizator), ozuqaviy rang, Е202 (sorbat kaliy) kabi kimyoviy moddalarni qo'shib tayyorlaydi.

To'rt bezash metodlari.

Lambet (inglizcha Lambeth) shakarli uzor texnikasi. Bu shunday tort-ki tashi pomadka bilan qoplanadi, korolevskiy glazur bilan bezaladi. Chetlariga vozdushniy bezaklar yopishtiriladi, ingichka krem bilan uzor paydo qqilib bezatiladi. Avstraliya metodida by usul ko'proq krujevani eslatadigan qilib qilinadi. 

Yana bir mashhur metod bu- Wilton metodi. Bu metodda to'rtni bezatishda maslyanniy krem ishlatiladi. To'rt bezashda eng keng tarqalgan metod. Bu metod asosan to'rtni hamma qismini krem bilan berkitish va bezash bilan harakterlanadi. Hatto o'rganishni boshlovchilar uchun ham shu usuldan foydalanishadi. To'rt bezash san'atini Uilton usulisiz tasavvur qilish qiyin. Bu metodning mohirlik san'atining 3 ta bosqichi bor.

1-bosqichi ustiga gulli bezab surtish va chetlarini dekorativ bezatish.

2-bosqichi  tortga pomadka va poyarusniy (sirti silliq, yaltiroq) texnika tayyorlash va surtishni bilish,

3-bosqichi mukammal va maxsus texnika bilan bezashdir. 

To'rt davlatlar va millatlarda.

To'rt hamma davlatlarda tug'ilgan kun, to'ylar, bayramlar va marosimlarda foydalaniladi. Tug'ilgan kunlarda asosan sham bilan bezaladi. Turli shakllar bilan bezash yoshlarga hos an'ana. Bazi davlatlarda tort otish marosimi ham bor. Lekin barcha uchun 20-iyul Xalqaro tort kuni deb belgilangan.

TAVSIYA ETAMIZ.

Eksklyuziv tort bezash rasmlarda

25 tort bezash usullari (video)

Pazandachilikda kerak bo'ladigan foydali maslahatlar.

Reklama
Reklama