Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.
Umumta'lim maktablari uchun 1-sinf fanlardan yillik taqvim-mavzuiy reja
DARS – MUQADDAS
Ta'lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o´sib kelayotgan yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko´nikma va malakalarni o`zlashtirgan hamda jamiyatda o`z munosib o`rnini egallashga qodir bo`lgan - komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Bugun har bir o`qituvchi o`ziga ishonib topshirilgan har bir soat darsni muqaddas deb bilishi va unga zarracha xiyonat qilib bo`lmasligini his etishi lozim. Ana shu maqsadda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, ta'lim jarayoniga tatbiq etilayotgan "Dars - muqaddas" deb nomlangan, umumta'lim maktablarida o`quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda o`qituvchilarga yordam beradigan tavsiyalar majmui e'tiboringizga havola etilmoqda. O`ylaymizki, ushbu tavsiyalarga fidoyi o`qituvchilarimiz ijodkorlik bilan yondashgan holda, ularni o`zlarining yangidan-yangi tajribalari bilan boyitadi.
"DARS - MUQADDAS" TADBIRINI AMALGA OSHIRISH:
O`qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta'lim muvaffaqiyati va samarasi garovidir.
Dars bu, sinfda taqvim-mavzu reja asosida belgilangan vaqt davomida o`qituvchi tomonidan o`quvchilar uchun o`quv-tarbiya jarayonining maqsadli tashkil etilishidir.
Shunday ekan, har bir o`qituvchi darsga sifatli va puxta tayyorlanmasdan kirishni insoniylikka, pok vijdonga xiyonat ekanligini va ish haqini halollab olish lozimligini his qilishi kerak. Chunki, har bir fan o`qituvchisi faoliyati asosini sifatli dars o`tish, o`quvchilarga yaxshi ta'lim-tarbiya berish tashkil etadi.O`qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi ikki bosqichdan iborat:
1. O`qituvchining o`z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi.2. O`qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi.
O`qituvchining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshirib boriladigan jarayon bo`lib, o`quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi:- Davlat ta'lim standarti (DTS), o`quv dasturi, o`quv reja hamda ularga berilgan tushuntirish xatlarini o`rganib chiqish;- O`zi dars beradigan o`quv faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish;- tegishli ko`rgazma materiallarni, o`quv-jihozlarini o`rganish, ularni qo`llay bilish;- ilg`or o`qituvchilarning ish tajribalarini o`rganish, tahlil qilish orqali o`z bilimini kengaytirish; -kompyuter texnikasidan foydalanish ko`nikmasini shakllantirib, bu boradagi mahoratini oshirish, elektron darsliklar, matn muharrirlari, "ZiyoNet" axborot ta'lim portaliga joylangan ma'lumotlardan samarali foydalanish kabilardir.
O`qituvchining darsga kundalik tayyorgarligi eng asosiy vazifalardandir. Darsga tayyorgarlik ko`rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:
1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt (soat) aniqlashtirib olinadi.
2-bosqich: DTS va o`quv dasturidan o`tilayotgan mavzu yuzasidan o`quvchida qanday tushunchalar (bilim, ko`nikma va malakalar) shakllantirilishi lozimligi aniqlashtirilib, shu asosida dars maqsadlari belgilab olinadi.
3-bosqich: Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, elektron manbalar, slaydlar, ko`rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar o`rganib chiqiladi hamda dars ishlanmasi (konspekti) yoziladi.
1-§. Ona tili fani
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha)
ona tili fanini o‘qitish bosqichlari
|
Ta’lim bosqichi |
Bitiruvchilar |
Standart darajasi |
Darajanomlanishi |
|
Umumiy o‘rta ta’lim |
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari |
A1 |
Ona tili fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi |
|
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari |
A1+ |
Ona tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi |
Ona tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:
o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish;
o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish;
ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablari
1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
A1
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
matnni tushunib o‘qiy oladi;
og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi;
65 — 70 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;
xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata oladi, xatboshi va husnixatga amal qiladi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila oladi;
do‘sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza oladi.
A1+
sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi;
matn mazmunini tushunib ifodali o‘qiy oladi;
70 — 75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi;
7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza oladi.
1. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid):
A1
ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila oladi;
mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
A1+so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi;
gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi.
To'liq faylni mana bu yerdan Yuklab oling
Rasmdagi kabi holatda yuklab olasiz:


2023-2024 o'quv yili uchun barcha fanlardan taqvim mavzu ish rejalar
Batafsil

Jismoniy tarbiya fanidan yillik taqvim mavzu ish rejasi
Batafsil

Texnologiya fanidan yillik taqvim mavzu ish rejasi
Batafsil
Tasviriy san'at va chizmachilik fanidan yillik taqvim mavzu ish rejasi
Batafsil