Kategoriya: Hikoyalar

Kelin kim o'zi?


Kelin kim o’zi u?

Keling variantlar Bilan bir tanishamiz.

Xalqimizda keng tarqalgan ta’riflar:


  • Birovning bolasi
  • Qiz o’rnida ko’ramiz
  • O’z qizimizdek ko’ramiz
  • Kelinoyi
  • Kelinchak
  • Yanga
  • Bekacha
  • Begoyim
  • Oyim qiz
  • Qiziii
  • Oy qiz
  • Xonim
  • Uy bekasi
  • Uy egasi

Endi kelinga nisbatan xalqimiz ichida tarqalgan, qo’ni qo’shnisi, ovsini, qiziga, onasiga aytiladigan yoki hayoldan o’tgan tariflar.

  • Kelgindi
  • Xizmatkor
  • Cho’ri
  • Mol pam
  • Anavi
  • Madam
  • Jodugar
  • Erini egovlavogan
  • Erini boshiga chiqib olgan
  • Issiq sovuqchi
  • Qishloqi
  • O'g’ri
  • Yer yutkur...

Assalomu alaykum. Maqola qaynona va kelin munosabati haqida. Ha bu siyqasi chiqqan mavzu. Nafaqat bizni millatda emas, balki dunyo bo’yicha shunday. Lekin bizda tesha tegmaganlaridan bor. Maqolamizda ana shu tesha tegmagan real hayotdagi voqealar bo’lib, ularni o’qib o’zingiz baho bering. Ammo yuragingiz chidashiga kafolat bermayman.

Bir kelinning onasining yozganini hokim buva selektorda o’qib berdi. Sizningcha nega? U ayol xokim buvaga hech kim emas edi. Bu yoza olgani, yoza olmagani qancha?

Internetda din ahlining ma’ruzalarini ham eshityapmiz. Ularning oldida bizning maqolamiz kuchli ta’sir qilmasa kerak balki, lekin biz ular kabi nasihat qilmoqchi emasmiz.

Onajonlarimiz bor bo’lsin, qaynonalarimiz bor bo’lsin. Tuqqan onalarimiz ham kimgadir qaynona. Biz ham qaynona bo’lamiz. Bizning qaynonalar ham qachonlardir kelin bo’lishgan.  Bizning qaynonalar ham yomon odam emas, hech kim hech qaysi inson yomon bo’lay, bekordan bekor birovni ichini og’ritay, yomonlik qilay demaydi. Yomon kelinlar ham talaygina. Kelinlar ham qaynonasini yaxshi ko’radi, yaxshi yashayotgan qaynona kelinlar ham bir talay. Ko’pchilik boshida kelisholmagan bo’lsa, keyinroq ona boladek bo’lib ketganlar ham bor.

Bu maqola qaynonalarni yomonlash haqida emas, aslo shunchaki real hayotdagi voqealardan namunalar. O'zingiz baho bering.

Olov ichida qolgan homilador kelin

Kelinlarning qisqa hikoyalari

Aybim kelin bo'lganimmi?

1 oyda qaytib kelgan kelinning hikoyasi

Qaynonadan minnatdor kelinning xasrati

Qizlarga ilm bering, suisidga chipta emas

Bir opaning hikoyasi

Boy xonadonning quldek kelini

Baxtsiz kelin


Reklama
Reklama