Kategoriya: Sinf soati
1-sinf sinf soatidan ish reja va dars ishlanma
2023-2024 o'quv yili uchun yangilandi
Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Shavkat Mirziyoyev
Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Maktabgacha va maktab vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” asosida tashkil etiladi.
Mazkur dastur va metodik qo‘llanmayuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.
Dasturning maqsadi — Sinf soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.
Sinf soat dasturining vazifalari:
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat.
Bugungi kunda axborot oqimining tezligi natijasida hayotimizga ommaviy madaniyatni salbiy ta’sirlari ham sezilmoqda. Bu masalani o‘quvchilarning ijtimoiy hayotlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida ota-onalar tomonidan bolalarning beodobligi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma tarzda aniq ifodalay olmasligi, mas’uliyatning yetishmasligi, atrofidagilar bilan kelisha olmasligi, o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘largni to‘g‘ri taqsimlay olmasligi haqidagi fikrlarni eshitib qolamiz. SHuning uchun ham dasturni ishlab chiqishda xaqlaro va milliy tajribaga asoslanilganligini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.
“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom”ga asosan“Sinf rahbari - Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.”SHu nuqtai nazardan olib qaraganda bugungi kunda ta’lim muassasalari sinf rahbarlari faoliyatida quyidagilarga o‘xshash muammolar ko‘zga tashlanmoqda:
− Ayrim sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad va vazifalarining to‘g‘ri tashkil etilmaganligi;
− Sinf soatlarning aniq o‘quv-mavzu reja asosida tashkil etilmayotganligi;
− Ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qonunlar va qonunosti hujjatlarning ko‘pchiligidan o‘qituvchi va sinf rahbarlarining yetarli darajada xabardor emasligi;
− Ba’zi sinflardagi muhitning qoniqarli emasligi, ahil va mustahkam jamoaning shakllanmaganligi;
− Ayrim ta’lim muassasalarida davomatning pastligi, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar mavjudligi;
− Ba’zi sinflardagi o‘quvchilarda kundalik daftarlarining mavjud emasligi, borlarining ham sinf rahbari tomonidan nazorat qilinmaganligi;
− Ayrim o‘quvchilarning darslarga tayyorgarliksiz, hatto darsliklarsiz ishtirok etishlari;
− O‘quvchilar internet va mobil telefon qaramligining jismoniy va ruhiy xatarlari haqida yetarli tushunchalarga ega emasliklari;
− Voyaga yetmaganlar o‘rtasida turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining uchrayotganligi;
− O‘quvchi tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan kompetensiyalarga erishilmaganligi;
− Ba’zi o‘qituvchi va tarbiyachilarimizda kasbiy kompetensiyalar yetishmasligi;
− Tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligining pastligi;
− Ota-onalar bilan samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilmaganligi;
− Huquqbuzarlik, mobil telefon va internet qaramligi, narkomaniya, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishga qarshi kurash hamda oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilmaganligi.
SHu o‘rinda masalaning muhim bir jihatiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Bugungi kunda umumta’lim maktablarida Sinf soatlar amalda qanday tashkil qilinmoqda?
− Bugungi kundagi aksariyat hollarda Sinf soatlar quruq gaplardan iborat bo‘lib, Sinf soat mavzularidan chetga chiqib ketiladi;
− Qaysidir o‘quvchining xulqi muhokamaga qo‘yiladi;
− O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari va davomatlari muhokama qilinadi;
− Qandaydir tadbirlarga tayyorgarlik va sinf muammolarini hal etish kabi masalalar xususida so‘z boradi.
Sinf soatlar qanday bo‘lishi kerak?
− Ta’lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi Sinf soatlar ham yaxlit tarbiyaviy usullar, ta’sirchan vositalar yordamida amalga oshiriladi.
− Sinf rahbari ushbu tadbirlarni o‘tkazishga doir aniq ish rejasiga ega bo‘lishlari lozim.
Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma’naviyat yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. SHuning uchun ham sinf rahbarlari va butun o‘qituvchilar jamoasi oldida o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Hozirgi globallashuv jarayonlari kuchaygan, turli g‘oyalar o‘rtasidagi kurash keskinlashgan, “ommaviy madaniyat” xurujlari butun dunyoga tarqalib borayotgan, internet tarmog‘i orqali uzatilayotgan buzg‘unchi axborotlar inson qalbi va ongini o‘ziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali zamonda kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi esa juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, internet, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham barcha sinf rahbarlari o‘z tarbiyaviy faoliyatlarida ana shu mezonlarni hisobga olishlari shart.
Sinf soatlar o‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalarni amaliyotga tadbiq etish maydoni hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan Sinf soatlar o‘quvchilarda fanlar orqali shakllangan tayanch kompetensiyalarni ijtimoiy hayotda tadbiq eta olishlari uchun imkoniyat yaratib beradi.
O‘quvchilarda hulq-odob madaniyatiga rioya qilish, fikrini erkin ifodalash, notiqlik qobiliyatini yuksaltirish, axborotlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, shu bilan birga bu boradagi xalqaro hamda milliy qonunchilik qoidalariga rioya qilishni tarbiyalash Sinf soatlarning asosiy maqsadlaridan birdir. SHuningdek, Sinf soatlar orqali o‘quvchilarda to‘g‘ri kasb tanlash, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, o‘z iqtidorini rivojlantirish uchun turli to‘garaklarni to‘g‘ri tanlash, tayyor ish joylarida ishlash emas, balki o‘zi ish joylarni yaratishi kabi qobiliyatlar shakllantiriladi.
Sinf soat dasturlari oddiydan murakkablikka tamoyili asosida shakllantirilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Vatanparvarlik; axloqiy, huquqiy, jismoniy, gigienik, ekologik hamda estetik tarbiya shuningdek, o‘quvchilarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltiradi.Sinf soatlarning mazkur yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularda yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
SHuningdek, mazkur kompetensiyalar har bir Sinf soatning mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Umumta’lim maktablarining 1-9-sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan “Sinf soatlar uchun namunaviy mavzular rejasi” mazmunan tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari va muhim tarixiy sanalar asosida tuzildi. Bundan tashqari mazkur rejada fan oyliklari davomida o‘quvchilar uchun tarbiyaviy dars soatlarini o‘tishda nimalarga e’tibor berish kerakligi e’tiborga olingan.
Mazkur dastur va qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Sinf soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.
“Sinf soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzular dasturi va dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.
Umumta'lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Sinf soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, jismoniy tarbiya, shaxsiy gigiyena, ozodalik, kiyinish odobi, bola huquqlari, tabiatni asrash, iqtisodiy tarbiya, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish kabilar bilan bir qatorda yurtimizda o‘tkaziladigan umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlashda nimalarga e'tibor berish lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.
Sinf soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:
Kun shiori:
Kirish;
Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash;
Yakuniy qism.
Sinf soatlarda foydalahish uchunmavzuga doir adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noan’anaviy tarzda tashkil etish mumkin.
(Izoh: Taqdim etilayotgan Sinf soatlar dasturiga Umumta’lim maktablarining sinf rahbarlari metod kengashi qaroriga ko‘ra 15 % gacha o‘zgartirish kiritilishi mumkin.)
Ish reja
“KELISHILDI“
“TASDIQLAYMAN”
M.M.I.B.D.O’ maktab direktori:
__________ ___________________ ________ __________________
«___» ________________2023-yil “____”______________ 2023-yil
“Sinf soati” mashg‘ulotlarining 2023-2024-o‘quv yili-mavzu rejasi
1-SINF
№ |
Mashg‘ulotning o‘quv-mavzu rejasi, 1 “___” sinfning “Sinf soati” mavzulari |
Soat |
O‘tilgan vaqti |
Uyga vazifa |
1. |
O‘zbekiston-ona Vatanim! |
1 |
|
|
2. |
Tabiatni muhofaza qilish |
1 |
|
|
3. |
Mening kun tartibim |
1 |
|
|
4. |
Ustozga ta’zim! (Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan) |
1 |
|
|
5. |
Xavfsizlik nima? |
1 |
|
|
6. |
4-oktyabr butun jahon xayvonlarni himoya qilish kuni |
1 |
|
|
7. |
Tejamkorlik haqida suhbat |
1 |
|
|
8. |
Ona tilim – jonu dilim |
1 |
|
|
9. |
Oltin kuz ertaklari |
1 |
|
|
10. |
Ta’til taassurotlari. |
1 |
|
|
11. |
Bayrog‘imiz – faxrimiz (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan). |
1 |
|
|
12. |
Ertaklar yaxshilikka – yetaklar. |
1 |
|
|
13. |
Qomusimiz–baxtimiz(8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan). |
1 |
|
|
14. |
Madhiyani kuylaylik (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan). |
1 |
|
|
15. |
Mas’uliyat nima? |
1 |
|
|
16. |
Yangi yil muborak (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan). |
1 |
|
|
17. |
Vatan posbonlari. (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). |
1 |
|
|
18. |
Mening mahallam. |
1 |
|
|
19. |
Yaxshi tarbiya - inson ziynati. |
1 |
|
|
20. |
Bobolarimiz deydilar… (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan). |
1 |
|
|
21. |
Men va mening oilam |
1 |
|
|
22. |
Bizni dunyo qanday taniydi |
1 |
|
|
23. |
Mehribonim onam(8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan). |
1 |
|
|
24. |
Navro‘z – bahor bayrami ( 21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan). |
1 |
|
|
25. |
Suv-hayot manbai(22-mart butun jahon suv resurslari kuni munosabati bilan) |
1 |
|
|
26. |
Mehnat-mehnatning tagi rohat. |
1 |
|
|
27. |
Ona tabiat qo‘ynida. |
1 |
|
|
28. |
Men sevgan ertak qahramoni. |
1 |
|
|
29. |
Mening qahramonim. |
1 |
|
|
30. |
Bobom xotiralari (Xotira va qadrlash kuni oldidan). |
1 |
|
|
31. |
Ilm va hunar ko‘kka yetkazar |
1 |
|
|
32. |
Yoz – o‘tadi soz! |
1 |
|
|
33. |
Men 1-sinfni tugatdim (Maktab haqida taassurotlarim) |
1 |
|
|
Sinf rahbari: ___________ ____________________________________
Dasturning maqsadi — tarbiyaviy soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.
Tarbiyaviy soat dasturining vazifalari:
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat.
Bugungi kunda axborot oqimining tezligi natijasida hayotimizga ommaviy madaniyatni salbiy ta’sirlari ham sezilmoqda. Bu masalani o’quvchilarning ijtimoiy hayotlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida ota-onalar tomonidan bolalarning beodobligi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma tarzda aniq ifodalay olmasligi, mas’uliyatning yetishmasligi, atrofidagilar bilan kelisha olmasligi, o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘largni to‘g‘ri taqsimlay olmasligi haqidagi fikrlarni eshitib qolamiz. SHuning uchun ham dasturni ishlab chiqishda xaqlaro va milliy tajribaga asoslanilganligini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.
“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom”ga asosan“Sinf rahbari - Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.”SHu nuqtai nazardan olib qaraganda bugungi kunda ta’lim muassasalari sinf rahbarlari faoliyatida quyidagilarga o‘xshash muammolar ko‘zga tashlanmoqda:
− Ayrim sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad va vazifalarining to‘g‘ri tashkil etilmaganligi;
− Tarbiyaviy soatlarning aniq o‘quv-mavzu reja asosida tashkil etilmayotganligi;
− Ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qonunlar va qonunosti hujjatlarning ko‘pchiligidan o‘qituvchi va sinf rahbarlarining yetarli darajada xabardor emasligi;
− Ba’zi sinflardagi muhitning qoniqarli emasligi, ahil va mustahkam jamoaning shakllanmaganligi;
− Ayrim ta’lim muassasalarida davomatning pastligi, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar mavjudligi;
− Ba’zi sinflardagi o‘quvchilarda kundalik daftarlarining mavjud emasligi, borlarining ham sinf rahbari tomonidan nazorat qilinmaganligi;
− Ayrim o‘quvchilarning darslarga tayyorgarliksiz, hatto darsliklarsiz ishtirok etishlari;
− O‘quvchilar internet va mobil telefon qaramligining jismoniy va ruhiy xatarlari haqida yetarli tushunchalarga ega emasliklari;
− Voyaga yetmaganlar o‘rtasida turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining uchrayotganligi;
− O‘quvchi tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan kompetensiyalarga erishilmaganligi;
− Ba’zi o‘qituvchi va tarbiyachilarimizda kasbiy kompetensiyalar yetishmasligi;
− Tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligining pastligi;
− Ota-onalar bilan samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilmaganligi;
− Huquqbuzarlik, mobil telefon va internet qaramligi, narkomaniya, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishga qarshi kurash hamda oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilmaganligi.
SHu o‘rinda masalaning muhim bir jihatiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Bugungi kunda umumta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlar amalda qanday tashkil qilinmoqda?
− Bugungi kundagi aksariyat hollarda tarbiyaviy soatlar quruq gaplardan iborat bo‘lib, tarbiyaviy soat mavzularidan chetga chiqib ketiladi;
− Qaysidir o‘quvchining xulqi muhokamaga qo‘yiladi;
− O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari va davomatlari muhokama qilinadi;
− Qandaydir tadbirlarga tayyorgarlik va sinf muammolarini hal etish kabi masalalar xususida so‘z boradi.
Tarbiyaviy soatlar qanday bo‘lishi kerak?
− Ta’lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy soatlar ham yaxlit tarbiyaviy usullar, ta’sirchan vositalar yordamida amalga oshiriladi.
− Sinf rahbari ushbu tadbirlarni o‘tkazishga doir aniq ish rejasiga ega bo‘lishlari lozim.
Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma’naviyat yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. SHuning uchun ham sinf rahbarlari va butun o‘qituvchilar jamoasi oldida o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Hozirgi globallashuv jarayonlari kuchaygan, turli g‘oyalar o‘rtasidagi kurash keskinlashgan, “ommaviy madaniyat” xurujlari butun dunyoga tarqalib borayotgan, internet tarmog‘i orqali uzatilayotgan buzg‘unchi axborotlar inson qalbi va ongini o‘ziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali zamonda kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi esa juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, internet, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham barcha sinf rahbarlari o‘z tarbiyaviy faoliyatlarida ana shu mezonlarni hisobga olishlari shart.
Tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalarni amaliyotga tadbiq etish maydoni hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda fanlar orqali shakllangan tayanch kompetensiyalarni ijtimoiy hayotda tadbiq eta olishlari uchun imkoniyat yaratib beradi.
O‘quvchilarda hulq-odob madaniyatiga rioya qilish, fikrini erkin ifodalash, notiqlik qobiliyatini yuksaltirish, axborotlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, shu bilan birga bu boradagi xalqaro hamda milliy qonunchilik qoidalariga rioya qilishni tarbiyalash tarbiyaviy soatlarning asosiy maqsadlaridan birdir. SHuningdek, tarbiyaviy soatlar orqali o‘quvchilarda to‘g‘ri kasb tanlash, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, o‘z iqtidorini rivojlantirish uchun turli to‘garaklarni to‘g‘ri tanlash, tayyor ish joylarida ishlash emas, balki o‘zi ish joylarni yaratishi kabi qobiliyatlar shakllantiriladi.
Tarbiyaviy soat dasturlari oddiydan murakkablikka tamoyili asosida shakllantirilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Vatanparvarlik; axloqiy, huquqiy, jismoniy, gigienik, ekologik hamda estetik tarbiya shuningdek, o‘quvchilarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltiradi. Tarbiyaviy soatlarning mazkur yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularda yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
SHuningdek, mazkur kompetensiyalar har bir tarbiyaviy soatning mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Umumta’lim maktablarining 1-9-sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan “Tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mavzular rejasi” mazmunan tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari va muhim tarixiy sanalar asosida tuzildi. Bundan tashqari mazkur rejada fan oyliklari davomida o‘quvchilar uchun tarbiyaviy dars soatlarini o‘tishda nimalarga e’tibor berish kerakligi e’tiborga olingan.
Mazkur dastur va qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.
“Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzular dasturi va dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.
Umumta'lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, jismoniy tarbiya, shaxsiy gigiyena, ozodalik, kiyinish odobi, bola huquqlari, tabiatni asrash, iqtisodiy tarbiya, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish kabilar bilan bir qatorda yurtimizda o’tkaziladigan umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlashda nimalarga e'tibor berish lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.
Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:
Kun shiori:
Kirish;
Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash;
Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat
BESH TASHABBUS-BESH IMKONIYAT
Do‘stim bekor o‘tmasin kuning,
Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz.
Qara axir bizga sharoit,
Yaratmatmoqda beshta tashabbus.
Tabiatni turfa tasvirlab,
Rasm chizib bera olgin tus.
YOki qo‘shiq aytgin baralla,
Seni qo‘llar beshta tashabbus.
III.Yakuniy qism:
Ona Vatanimiz mustaqilligini keng nishonladik. Darhaqiqat, asrlarga ta`tigulik bu yillar mobaynida Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimizning farzandlar iqbolini o`ylab, bir maqsadu muddao bilan, bir tanu bir jon bo`lib amalga oshirilgan beqiyos ezgu amallari natijasida bugun mamlakatimizni dunyo tan olmoqda. O`z tanlagan yo`li, o`z aytar so`zi va amali bilan jahonni lol qoldirayotgan davlatimiz tobora barkamollik sari intilayapti Savol:.
-Biz ham barkamol avlod bo`lishimiz uchun o`zimizda qaysi fazilatlarni tarbiyalamog`imiz darkor? -(…).
Tarona guruhining “O`zbekiston” qo`shig`i tinglanadi.
-Qo`shiq nima haqida ekan?
-Vatan haqida ekan.
O`quvchilarning javoblaridan so`ng “BBB” metodi orqali vatan haqidagi ma`lumotlar umumlashtiriladi. O`quvchilar aytishadi.O`qituvchi ularning javoblarini xattaxtaga yozadi.
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi
O’zbekiston-ona Vatanim Sinf soati dars ishlanmalari
Tabiatni muhofaza qilish. Sinf soati dars ishlanmasi
Mening kun tartibim. Sinf soati dars ishlanmasi
Ustozga ta`zim. Sinf soati dars ishlanmasi
Xavfsizlik nima. Sinf soati dars ishlanmasi
4-oktyabr butun jahon xayvonlarni himoya qilish kuni
Tejamkorlik haqida suhbat. Sinf soati dars ishlanmasi
Ona tilim- jonu dilim. Sinf soati dars ishlanmasi
Oltin kuz ertaklari. Sinf soati dars ishlanmasi
Ta`til taassurotlari. Sinf soati dars ishlanmasi
Bayrog`imiz –faxrimiz. Sinf soati dars ishlanmasi
Ertaklar- yaxshilkka- yetaklar. Sinf soati dars ishlanmasi
Qomusimiz-baxtimiz! Sinf soati dars ishlanmasi
Madhiyani kuylaylik. Sinf soati dars ishlanmasi
Ma’suliyat nima? Sinf soati dars ishlanmasi
Vatan posbonlari . Sinf soati dars ishlanmasi
Mening mahallam. Sinf soati dars ishlanmasi
Yaxshi tarbiya – inson ziynati. Sinf soati dars ishlanmasi
Bobolarimiz deydilar. Sinf soati dars ishlanmasi
Men va mening oilam. Sinf soati dars ishlanmasi
Bizni dunyo qanday taniydi. Sinf soati dars ishlanmasi
Mehribonim onam. Sinf soati dars ishlanmasi
Suv-hayot manbai. Sinf soati dars ishlanmasi
Ona tabiat qo’ynida. Sinf soati dars ishlanmasi
Men sevgan ertak qahramoni. Sinf soati dars ishlanmasi
Mening qahramonim. Sinf soati dars ishlanmasi
Bobom xotiralari . Sinf soati dars ishlanmasi
Ilm va hunar ko’kka yetaklar. Sinf soati dars ishlanmasi
Yoz – o`tadi soz! Sinf soati dars ishlanmasi
Men 1- sinfni tugatdim!. Sinf soati dars ishlanmasi
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022